Rossiya bosh vaziri Medvedev Qrimga bordi

  • Amerika Ovozi

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Qrimda, Simferopoldagi bolalar kasalxonasini ko'zdan kechirmoqda, 31-mart, 2014-yil

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev bugun hukumat delegatsiyasi bilan Qrimda. Ular mahalliy sharoit bilan tanishmoqda.

Medvedevga ko’ra, hukumatda Qrim masalalari bo’yicha vazirlik ta’sis etiladi. Yarimorolni maxsus iqtisodiy zonaga aylantirish rejasi bor. Sarmoya kiritgan kompaniyalarga soliq imtiyozlari beriladi. Medvedev aholi uchun maosh va nafaqalarni oshirishni va’da qildi.

Kecha Parijda AQSh davlat kotibi Jon Kerri Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashib, Ukraina masalasini muhokama qildi. Kerri Ukraina chegarasida Rossiya qo’shinlarining tortilganidan tashvish bildirgan.

"Bu hol Ukrainani bezovta qilmoqda va diplomatik harakatlarga pand bermoqda", - dedi Kerri Lavrovga.

Rossiya chegaradagi qo’shinlari Ukrainaga kirmaydi, deya bir necha bor ishontirgan.

Ukraina janubi-sharqidagi ruslar yashovchi yirik sanoatlashgan hududlar Kiyevdan vakolatlarini kengaytirishni talab qilmoqda. Lavrov Ukrainani federallashtirishni taklif etmoqda, biroq Kyevdagi muvaqqat hukumat bunga qarshi.

Ukraina, Qrimga nazar