Amerika urush faxriylarini eslayapti

  • Amerika Ovozi
Xotira kuni, vatan mudofaasi yo’lida jonini fido qilgan askar qiz-o’g’illar yodga olinayapti.
Qo’shma Shtatlarda bugun Xotira kuni, vatan mudofaasi yo’lida jonini fido qilgan askar qiz-o’g’illar yodga olinayapti.

An’anaga ko’ra, bu kun harbiy paradlar o’tadi. Minglab motosilklchilar Vashington bo’ylab kezib, marhumlar, nom-nishonsiz ketgan zobitlarni sharaflaydi.

Vashington yaqinidagi Arlington qabristonida prezident Barak Obama noma’lum askar qabriga gulchambar qo’ydi, so’ng xalqqa murojaat qildi.

Kecha Amerika rahbari Afg’onistonga borib, harbiylar bilan ko’rishgan edi.?

Bu davlatda yutuqlar mashaqqatli qo’lga kiritilgani aytdi.

Prezident Afg’oniston erkinligi va tinchligi uchun hayotini bergan salkam 2200 amerikalikni xotirladi.