Iroq hukumati qochqinlarni Musulga qaytarmoqchi

  • Amerika Ovozi

Iroqlik qochqinlar

Iroq Immigratsiya vaziri Darboz Muhammadning aytishicha, Musuldan qochib qochqinlar lagerida boshpana topgan odamlar Iroq shimolidagi bu shahar “Islomiy davlat” to’dasi jangarilaridan tozalangach uylariga qaytariladi, lagerlar esa yil oxirigacha yopiladi.

Hukumat kuchlari jangarilarga qarshi to’qqiz oy oldin amaliyot boshlaganidan so'ng bir million odam shaharni tark etgan. Armiyaning g’olibona yurishi ketidan 200 ming odam uyiga qaytgan. Lekin hamma ham qaytishga tayyor emas.

Irbil shahrida joylashgan “Bahorka” lagerida 4000 odam yashaydi. Hududda o’ndan ortiq shunday lagerlar bor. Nadiya Ali ismli to’rt bolaning onasi, 25 yashar mana juvonning turmush o’rtog’i Musulda halok bo’lgan.

“Uyim yo’q. Shaharga qaytgandan ko’ra lagerda turganimiz afzalroq”, - deydi u.

Qochqinlarning ko’pi yaqinlaridan ayrildi, uyi yer bilan yakson bo’ldi. Bolalar uyga qaytmoqchi, ammo ota-onalariga ko’ra, Musulda yashash hanuz xavfli, oziq-ovqat, kommunal xizmatlar yo’q.

“Bosh vazir qaytinglar deyapti, ammo buning uchun na pul, na kiyim-kechak, na uy bor”, - deydi bir odam.

Sunniylar shialar boshliq hukumat siyosatidan norozi.