Myanma hukumati qochqinlarni Bangladeshdan qaytarmoqchi

  • Amerika Ovozi

Bangladesh lageridagi roxinjalik qochqinlar

Myanmaning noharbiy rahbari Au San Su Chi qo’shni Bangladeshga qochgan roxinjalik musulmonlarni vataniga qaytarish bo’yicha Bangladesh bilan kelishishga harakat qilmoqda.

U Osiyo-Yevropa muloqoti chog’ida shu haqda gapirdi:

“Bangladesh bilan bitim imzolab, mamlakatni tark etgan odamlarni xavfsiz ravishda va o'z ixtiyoriga ko'ra qaytarishga kirishamiz", - dedi davlat maslahatchisi va Myanma Tashqi ishlar vazirasi Au San Su Chi.

Sobiq Birma g’arbidagi Rakxayn shtatida uch oy oldin xavfsizlik kuchlari mahalliy aholiga qarshi kuch ishlatishi oqibatida 600 mingdan ziyod musulmon qo’shni mamlakatga qochib, u yerdagi lagerlarda anti-sanitariya holatida kun kechirmoqda.