Ozarbayon-Armaniston harbiy to'qnashuvlari davom etmoqda

  • Amerika Ovozi

Ozarbayjonning Ganja shahri

Kavkazda Ozarbayjon va Armaniston o’rtasida harbiy to’qnashuvlar davom etarkan, Yerevan qo’shni respublikani Tog’li Qorabog’dagi Martakert shahrida kasalxonani nishonga olganlikda ayblamoqda.

Ozarbayjonda Ag’dara deb ataluvchi bu shahar 1990-yillar boshidagi urushda armanlar nazoratiga o’tgan, biroq Tog’li Qorabog’ning hozirgi ma’muriyati kabi xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmaydi.

Shahar aholisiga ko’ra, Ozarbayjon kasalxonani artilleriya va havodan o’qqa tutgan.

Ozarbayjon o’z navbatida arman kuchlarini bir necha hududda tinch aholini o’qqa tutayotganlikda ayblarkan, Terter shahridagi qabristonning nishonga olinishi natijasida dafn marosimi paytida 3 odam o’lganini da’vo qilmoqda.

“Armanlar hujumini deb dafn marosimlarini tez o’tkazishga harakat qilyapmiz”, - deydi terterlik imom Sadig Jafarov.

Armanistonlik rasmiylarning bildirishicha, Fransiya, Ispaniya va yana bir necha davlatda Tog’li Qorabog’ mustaqilligini tan olish haqida tashviqot ketyapti. Ozarbayjon mintaqani o’z hududi deb bilarkan, Prezident Ilhom Aliyev undagi arman ma’muriyatini tan olgan har qanday davlat bilan diplomatik aloqani uzishi haqida ogohlantirdi.