NASA: Marsda hayot bo’lgan

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Marsda hayot bo'lganmi? Life in Mars?

Amerika fazoviy tadqiqotlar agentligi olimlari taxminicha Marsda bir paytlar hayot bo’lgan. Qizil sayyoradan olingan ilk namunalar tahlili shundan dalolat bermoqda.

NASA, AQSh Fazoviy tadqiqotlar agentligining bildirishicha, Marsda o’tmishda hayot bo’lgan. Buni isbotlovchi ilmiy dalil bor.

NASAning “Curiosity” roboti qizil sayyora tuprog’idan namuna olib, o’sha yerdayoq analiz o’tkazgan. Olimlarning aytishicha, “Yellowknife Bay” deya atalmish o’nqir joydan qazib olingan bu qum tarkibida jonli organizm uchun zarur kimyoviy moddalar – kislorod, vodorod va karbonad angidrid bo’lgan.

Mars sayyorasiga sayohat dasturi bosh olimlaridan Maykl Meyer topilma haqida yaqinda Vashingtonda NASA qarorgohida so’zladi:

“Qadim zamonlarda sayyorada neytral bir muhit bo’lganidan dalolat beradi bu kashfiyot. Suvi sal sho’rroq bo’lgan. Marsda bir paytlar tirik organizmlar yashagan deyish uchun asos bor”, - deydi Meyer.

Olimlarning aytishicha, Marsning tuproq tarkibidan qaysidir payt sayyorada namlik yuqori bo’lgani ravshan. Tosh-kesakni sinchiklab o’rganib, suvga xos alomatlarni aniqladik, deydi “Curiosity” xodimi Jon Grotzinger.

“Dalillardan ko’rinib turibdi, atmosfera, tabiat yashash uchun yaroqli bo’lgan. O’sha damlarda Marsning suvini ichish mumkin bo’lgan bo’lsa, ajabmas”, - deydi Grotzinger.

Marsni kezayotgan robot hozir diametri 150 kilometrli Geyl kraterini ko’zdan kechirayapti. Keyin navbat O’tkir qoya nomi bilan tanilgan tepalikka.

Kattaligi bitta avtomobilday keladigan “Curiosity” roboti avgustda qizil sayyoraga qo’ngan edi. Qiymati 2 yarim milliard dollarga tushgan ilmiy tadqiqot ikki yil davom etadi.

Your browser doesn’t support HTML5

Sayyoramizga samodan nazar/Earth at night, NASA Scenics