Moskva va NATO ziddiyati kuchaymoqda

  • Amerika Ovozi

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg, Polsha Mudofaa vaziri Antoni Masirevich Varshavada ko'rishmoqda. 31-may, 2016-yil.

8-9-iyul kunlari Polsha poytaxti Varshavada NATO sammiti bo’lib o’tadi. Alyans Bosh kotibi Yens Stoltenbergning aytishicha, unda tashkilotga a’zo davlatlar va, xususan, Sharqiy Yevropa va Boltiq bo’yi mamlakatlari mudofaasini kuchaytirish masalasi muhokama etiladi.

Ayrim a’zo davlatlar Rossiya tahdididan xavotirga tushgan. Uning chegaradagi harbiy mashg’ulotlari bu mamlakatlarni cho’chitmoqda. NATOning o’z chegaralari tomon kengayishini tahdid sifatida ko’rayotgan Kreml mashg’ulotlar harbiy tayyorgarlik uchun muhim ekanini aytadi.

NATO Polsha va Boltiq davlatlarida ma’lum sonli qo’shinlarni saqlab turmoqchi.

"Har bir ko’rayotgan choramiz mudofaaga qaratilgan bo’lib, a’zo davlatlarga berilgan kafolatlar doirasida amalga oshirilmoqda”, - deydi NATO rahbari.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin NATO qo’shni mamlakatlarga qo’shin va og’ir qurollarni kiritsa, tegishli chora ko’ramiz, deydi.

“Tahdidlarga yarasha javob beramiz. Shu kungacha Rossiya nishonida bo’lmagan Ruminiyaning bir qismi endi buning nima ekanini bilib qo’ysin”, - dedi Putin.

NATO yaqinda Ruminiyada havo hujumiga qarshi mudofaa tizimini harakatga keltirdi. Rossiya tizim unga qarshi qaratilganini aytadi.

Your browser doesn’t support HTML5

Bolqon qay yo'lni tanlaydi - G'arb yoki Rossiya?

Your browser doesn’t support HTML5

AQSh harbiylari Sharqiy Yevropa bo'ylab...