Zaur Dadayev: Nemsovning o'limi haqidagi ko'rsatmam yolg'on

  • Amerika Ovozi

Zaur Dadayev Boris Nemsovni o'ldirganlikda gumon qilinmoqda, Moskva sudi, 8-mart, 2015-yil

Rossiya Inson huquqlari kengashi a'zosi Andrey Babushkinning aytishicha, muxolifat yetakchisi Boris Nemsovning qotilligida gumon qilinayotgan Zaur Dadayev qiynoqlar ostida bu ishni qilganini o'z bo'yniga olgan bo'lishi mumkin.

Babushkin Dadayevni ko'rish uchun qamoqxonaga borganida uning badanida ko'plab jarohatlarga ko'zi tushganini aytadi.

"Moskovskiy Komsomolets" gazetasiga ko'ra esa, Dadayev oldingi gapidan voz kechib, endi qotillikka qo'l urmaganini da'vo qilmoqda. U qo'lga olingan payt do'sti bilan bo'lgan va uni qo'yib yuborishlari uchun yolg'on ko'rsatma berishga majbur bo'lganini aytadi.

Bu ish bo'yicha jami besh kishi qo'lga olingan, yana birini esa politsiya Grozniyda hibsga olmoqchi bo'lganida u o'zini portlatgani aytiladi.