Vatikan yangi papa tanladi

  • Amerika Ovozi

Yangi Rim papasi Frensis Argentinadan

Vatikandagi ibodatxona mo'risidan oq tutun chiqib, nihoyat katolik olamining yangi rahbari tanlangani ma'lum bo'ldi.

Ikki kun davom etgan jarayon bugun mahalliy vaqt bilan kechki soat yettilarda tugadi.

Yangi papa tanlanishi haqida so'nggi qarorga kelguncha, 115 kardinal besh marotaba ovoz bergan. Odamlar jarayonning bundan ham cho'zilishini kutayotgan edi.

Yangi Rim papasi Frensis

Oq tutun ko'kka ko'tarilishidan biroz o'tib, kardinal Jan-Lui Tauran avliyo Pyotr ibodatxonasi balkonida ko'rinish berib, bosh rohiblikka argentinalik kardinal Xorje Mario Bergolio munosib topilganini e'lon qildi.

Bergolio o'ziga papa sifatida Frensis nomini tanlagan. Rasmi nomi Frensis I bo'ladi.

Katolik dunyosi so'nggi yillarda bolalarni jinsiy tahqirlash, poraxorlik kabi mojarolar komiga tushib, xalqaro hamjamiyat oldida ancha obro'sizlangan.

1,2 milliard katolik nasorolar yetakchisi hisoblangan yangi pontifik katolik diniy tizimini isloh qilishi mumkin degan qarashlar bor.

http://www.voanews.com/flashembed.aspx?t=phg&id=1619636&w=520&h=506&skin=embeded