Nigeriyada jangarilar 20 ayolni o'g'irladi

  • Amerika Ovozi

Chibok shahrida o'g'irlangan ayrim qizlar jangarilar qo'lidan qochishga muvaffaq bo'lgan. O'quvchilar Nigeriya hukumat mutasaddilar bilan ko'rishayapti. 2-iyun, 2014-yil.

Bu Boko Haram radikal guruhining ishi ekani taxmin qilinadi. Jangarilar aprelda 200 dan ziyod o'quvchi qizni olib qochgan edi.
Nigeriyada Boko Haram radikal guruhi vakillari ekani taxmin qilinayotgan jangarilar 20 ayolni o’g’irlab qochgan.

Guvohlarning aytishicha, qurollangan odamlar Garkin Fulani qishlog’iga bostirib kirib ayollarni avtomobillarga bosib olib ketgan. Voqea o’tgan payshanba ro’y bergan.

Bu qishloq Chibok shahriga yaqin bo’lib, u yerda shu yilning aprelida Boko Haram 200 dan ziyod o’quvchi qizlarni garovga olgan edi. Qizlar hali ham qidirilmoqda.

Nigeriya hukumati radikal jangarilar oldida ojizlikda ayblanib tanqid qilinadi.

G’arb ta’limini xarom deb biluvchi Boko Haram guruhi oxirgi besh yilda minglab odamning hayotiga zomin bo’lgan.