Nigeriyada 107 o’quvchi qiz o’g’irlangan

  • Amerika Ovozi

Nigeriya armiyasi matbuot kotibi, general Kris Olukolade jurnalistlar bilan savol-javob qilmoqda.

Nigeriyada 107 o’quvchi qiz o’g’irlab ketilgan maktab direktori harbiylarning barcha bolalar qidirib topilgani qilingani haqidagi xabarini rad etmoqda.

Aksariyat qizlarning hamon daragi yo’q, deydi Borno shtatidagi bu maktab mudirasi Asabe Kvambura “Amerika Ovozi” bilan suhbatda. Faqat 14 qiz qo’yib yuborilgan, qidiruv ishlari davom etmoqda.

Prezident Gudlak Jonatan qizlarning taqdiridan xavotirda. Hukumat o’quvchilarni qidirish uchun zarur ma’lumot uzatgan odamga taxminan 300 ming dollar mukofot va’da qilayapti.

Bu kimning ishi ekani hali noma’lum. Lekin Boko Xaram jangari guruhi shunga o’xshash hujumlari bilan tanilgan.

Bir kun oldin Abuja shahrida avtobus bekati portlashdan titrab, kamida 75 odam halok bo’lgan edi.