Adabiyot yo'nalishida Nobel mukofoti g'olibi aniqlandi

  • Amerika Ovozi
Xalqaro Nobel qo’mitasi adabiyot yo’nalishidagi mukofotni kanadalik muallif Alis Munroga taqdim etgan.

82 yoshli yozuvchi qisqa-lo’nda so’z ustasi deya tanilgan.

Munroning ijodini, mahoratini Anton Chexov hikoyalari bilan qiyoslashadi.

Asarlarida oddiy insonlarni, ayol va erkak o'rtasidagi munosabatlarni tasvirlar ekan, samimiyat, odamiylik, hamdardlik kabi qadriyatlarni kuylaydi.

Munro xonim hikoya janrida inqilob qildi, deya yozadi "Nyu-York Tayms".

Adiba qisqa janrga tasodifan kirib qolganini aytadi.

"Uzoq yillar roman yozishni orzu qilar, hikoyalar men uchun misoli bir mashq edi. Oradan yillar o'tib, aynan hikoyalar mening olamim ekanini anglab yetdim", - deydi muallif.

Nobel qo’mitasi g’olib adibani 1,2 million dollar bilan taqdirlaydi.