Shmidt va Richardson Shimoliy Koreyaga safarini yakunladi

  • Amerika Ovozi

Google kompaniyasi rahbari Erik Shmidt (chapdan ikkinchi) va AQShning BMTdagi sobiq elchisi Bill Richardson Pxenyanda, Shimoliy Koreya, 9-yanvar, 2013-yil.

Internetdagi ommabop Google qidiruv tizimi rahbari Erik Shmidt va AQShning BMTdagi sobiq elchisi Bill Richardson Shimoliy Koreyaga qilgan safarini yakunladi.

Shmidt rasmiy Pxenyandan internetni rivojlantirib, fuqarolariga virtual dunyoga darvozalarni ochishga chaqirgan. Aks holda, dedi Google rahbari Pekinda muxbirlar bilan uchrashuv chog’ida, Shimoliy Koreya iqtisodiy jihatdan qoloq bo’lib qolaveradi.

"Aholiga internetga kirishga imkon berish zarur", - deydi Shmidt.

Shimoliy Koreyada davlat tepasidagi oz sonli odamlardagina bunday imkoniyat bor.

Richardson Pxenyanni BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan ballistik raketa va yadro sinoviga qo’yilgan taqiqqa rioya qilishga chaqirganini aytdi.

Shmidt va Richardson safari davomida hibsga olingan AQSh fuqarosi taqdiri haqida ma’lumot olishga umid qilgan edi, biroq deydi sobiq rasmiy, Kennet Bey bilan uchrashish imkoni bo’lmadi.

"Bizga aytishlaricha, uning sog’lig’i joyida, yaqinda Bey ustidan sud boshlanarkan", - deydi Richardson.

Asli koreyalik Amerika fuqarosiga aynan qanday ayb qo’yilayotganini Pxenyan aytmayapti.