Shimoliy Koreya AQShga taklif berayapti

  • Amerika Ovozi

Shimoliy Koreya agar Qo'shma Shtatlar Janubiy Koreya bilan rejalangan yillik qo'shma harbiy mashqlaridan voz kechsa, yadro sinovini vaqtincha o'tkazmasligini bildirmoqda.

AQSh Davlat departamenti nazarida yadroviy sinovlarni harbiy mashg'ulotlarga bog'lash yashirin do'q-po'pisadir. Departament matbuot kotibi Jennifer Psaki Pxenyanni BMTning atom sinovlarini man qiluvchi rezolyutsiyalarini bajarishga chaqirdi.

"Shimoliy Koreya barcha do'p-po'pisalarni, tahdidlarni bas qilib, ziddiyatlarni yumshatib, yarimorolni yadrodan xoli zonaga aylantirishi kerak", - dedi Psaki.

Pxenyan AQSh-Janubiy Koreya harbiy mashg'ulotlarini o'ziga tahdid deb bilib, tomonlar uni bosib olishga taraddud ko'rayotganini aytadi.

Shimoliy Koreya so'nggi 10 yilda uch bor yadro sinovini o'tkazgan.