Parijda Bibi Maryam ibodatxonasini alanga oldi

  • Amerika Ovozi

Bibi Maryam ibodatxonasi (Notr Dam)

Parij aholisi Bibi Maryam ibodatxonasining kulga aylanishini qo'rquv va xavotir bilan kuzatmoqda.

13-asrda qurilgan bu katolik cherkovi Bibi Maryamga bagʻishlangan bo'lib, Fransiya gotik me'morchiligining yorqin namunalaridan biridir.

Sobordagi yong'inga nima sabab bo'lgani hozircha ma'lum emas. Fransiya matbuotiga ko'ra, ibodatxonadagi ta'mirlash ishlari bunga sabab bo'lishi mumkin.