Bugungi dunyo suratlarda - 10-noyabr, 2020
Arman xalqi sulhdan g’azabda. Yerevanda namoyishchilar Bosh vazir Nikol Pashinyanni qidirib, hukumat va parlament binolariga bostirib kirgan. Ammo u binoni tark etishga ulgurgan. Kishilar parlament spikeri AraratMirzoyanni kaltaklagan. Keyin namoyishchilarning bir qismi bosh vazir qarorgohiga borgan. Hozirda Pashinyan Armanistonda ekanligini ma’lum qilgan.
Gretsiyadagi shiddatli yomg'irlardan so'ng
Ginnes kitobiga kirish uchun o't qo'yilgan tunnel (127 metrlik) ichiga kirgan motosikl haydovchisi yengil jarohat oldi. Hindiston.
Limadagi yangi hukumatga qarshi namoyishchilar politsiya bilan to'qnashdi. Peru.
Tibbiyot xodimlari. Italiya.
Niqob taqmagani uchun politsiya fuqarolarni shunday jazolamoqda. Indoneziya.
To'fonda yaqinlarini yo'qotgan kishilar. Meksika.
Sohil. Germaniya.
Pandemiya davrida ochiq osmon ostidagi kinoteatrlar. Gonkong.
Yerevan cherkovlari. Armaniston