Bugungi dunyo suratlarda - 23-noyabr, 2021

Polshaning musulmon jamoalari o'lik tug'ilgan go'dakni yerga qo'ymoqda. Oxirgi haftalarda Polsha-Belarus chegarasida noqulay sharoit tufayli o'ndan oshiq odam halok bo'ldi. Polsha.

Polsha-Belarus chegarasi yaqinidagi transport-logistika markaziga joylashtirilgan muhojirlarga taom tarqatilmoqda. Grodno, Belarus.

Bemor kasalxonaga olib kelindi. Ahmadobod, Hindiston.

Bolgariyada makedoniyalik sayyohlarni olib ketayotgan avtobus halokatga uchrab yonib ketdi. Kamida 45 kishi halok bo'lgan. Qurbonlar orasida 12 nafar bola ham bor. Jarohatlangan yetti kishi shifoxonaga yetkazilgan.

Shukronalik kuni arafasida AQSh Prezidenti Jo Bayden va birinchi xonim Jill Bayden Fort Bregg harbiy punktiga tashrif buyurib, harbiylarning oilasi bilan uchrashdi. Shimoliy Karolina shtati, 22-noyabr, 2021.

Hayot uchun kurash. Shri-Lanka.

"O'rgimchak odam" nomi bilan tanilgan fransiyalik Alan Robert va Leo Urban 1538 metr balandlikda. Frankfurt, Germaniya.

Hirotdagi "Iskandar qal'asi" nomi bilan ataluvchi tarixiy yodgorlik. Afg'oniston.