Fransiya va Germaniya AQSh razvedkasidan g'azabda

  • Amerika Ovozi

Your browser doesn’t support HTML5

Yevropa AQSh razvedkasidan norozi/ NSA- Europe

Amerika xavfsizlik agentligi nafaqat bu davlat, balki xorijiy fuqarolarning ham telefon muloqotlarini va elektron aloqalarini kuzatgani fosh etilgach Yevropa davlatlari, jumladan, Fransiya va Germaniya Vashingtondan tushuntirish talab qilmoqda.

Barak Obama Parijga qo'ng'iroq qilib, prezident Fransua Olland bilan gaplashgan. AQSh razvedkasi rahbari Jeyms Klepper matbuotni asossiz va noto’g’ri ma’lumot tarqatganlikda ayblamoqda. Barcha davlatlar o’z razvedka xizmatiga ega va hamma bir-birini kuzatadi, deydi u. Lekin bu bilan jamoatchilikni tinchitish qiyin.

Parijning mashhur “Le Monde” (Dunyo) gazetasi Vashingtonni fransuzlar ustidan josuslik operatsiyalari olib borganlikda ayblab maqola chop etgach, hukumat oyoqqa turdi.

Fransiya Tashqi ishlar vaziri Loran Fabius AQSh elchisi Charlz Rivkinni huzuriga chaqirib, nima uchun deya masalaga oydinlik kiritishni so’radi.

“Qo’shma Shtatlar nega bunday qilganini tushuntirib, asoslab bersin. Agar bu maxfiy kuzatuvlar davom etayotgan bo’lsa, darhol to’xtatilsin. Terrorizmga qarshi albatta birga kurashishda davom etamiz, bu juda muhim, lekin bu Amerikaga bizning millionlab fuqarolarimizning shaxsiy aloqalarini yashirin nazorat qilish huquqini bermaydi",- deydi Fabius.

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Parijda Yaqin Sharq bo’yicha muzokaralar olib borar ekan, uni ham bu borada savolga tutishdi. Lekin bosh diplomat konkret javob bermadi, balki xavfsizlikni ta’minlash tobora murakkab vazifaga aylanib bormoqda deyish bilan cheklandi.

Berlin ham bezovta. Kansler Angela Merkelning shaxsiy telefon aloqalari va elektron manzili zimdan kuzatilgan bo'lishi mumkin.

Huquq va erkinlikni himoya qiluvchi xalqaro tashkilot vakili Jillian York deydiki, bugun xalqaro hamjamiyatda Vashingtonga nisbatan ishonch juda pasayib ketgan.

“Mana Fransiya “bunga toqat qilmaymiz” deb turibdi. Meksika ham uning prezidenti maxfiy kuzatilgani haqidagi xabarlardan norozi va bu xalqaro qonunlarni buzishdir deya bong urmoqda. Ko’plab davlatlar g’azabda. Amerikaga hamkor sifatida ishonib bo’lmaydi, deyishayapti. Na erkinlik himoyasi bobida va na razvedka sohasida”.

Germaniya matbuotining yoritishicha, AQSh Xavfsizlik agentligi Meksikaning sobiq rahbari Felipe Kalderonni zimdan kuzatgan va uning elektron maktublarini maxfiy ravishda tekshirgan. Hozirda Rossiyada yashayotgan sobiq xodim Edvard Snouden shund