Obama Osiyoga safarida huquq masalasini ko’taradi

  • Amerika Ovozi
Prezident Barak Obama Janubi-sharqiy Osiyo davlatlari bo’ylab safari davomida inson huquqlarini tilga oladi.

AQSh rahbari ertaga uch kunlik tashrif bilan Kamboja, Tailand va Birmaga jo’nab ketadi.

Qayta saylangan Obama ikkinchi muddatini aynan shu bilan boshlashi bejiz emas. Qo’shma Shtatlar iqtisodiyoti o’sib borayotgan Osiyoga e’tiborni oshirmoqda.

Xususan, Obama yillar davomida harbiylar hukmron bo’lgan, lekin oxirgi paytlar islohotga yuz tutgan Birmaga borgan birinchi AQSh rahbari bo’ladi.

Lekin huquq faollari nazarida Birmada tub, tom ma’nodagi reformalar amalga oshirilishini kutish kerak.

Mamlakatda siyosiy mahbuslar hamon adolat kutmoqda, g’arbiy shtatlarda ozchilik elatlar tahqirlanmoqda.

Lekin Oq uy izohiga ko’ra, Barak Obama mintaqaga borib, mahalliy rahbarlarni ochiqchasiga savolga tutishi mumkin bo’ladi.