Qurg’oqchilikdan qiynalgan Kaliforniyaga millionlab dollar yordam

  • Amerika Ovozi

Obama Kaliforniya dehqonlari bilan ko'rishayapti. 14-fevral, 2014-yil.

Prezident Obama Kaliforniya shtatida qattiq qurg’oqchilik asoratlari bilan olishish uchun millionlab dollar yordam taklif qildi.

Kaliforniya mamlakatni qishloq xo’jaligi mahsuloti bilan ta’minlovchi shtat sanaladi. “Dehqonlarga madad tariqasida 100 million dollar ajratiladi”, - deydi Obama.

Boshqa shtatlarda iqlim o’zgarishi oqibatida ko’rilgan zararni qoplash uchun prezident Kongressda yana 1 milliard dollar so’ramoqchi.

Tabiatdagi o’zgarishlar bois qurg’oqchilik, toshqin va boshqa ofatlar uzoqroq davom etayapti. Buning zarari ham kengroqdir, deydi prezident Obama.

Your browser doesn’t support HTML5

Kaliforniya iqtisodiyoti - California economy