Mishel Obama Xitoyda erkinlik va huquqni targ'ib qilmoqda

  • Amerika Ovozi

Mishel Obama Pekin universitetida so'zladi, 22-mart, 2014

AQSh prezidentining rafiqasi Mishel Obama Pekin universitetida so’zlar ekan, internet erkinligi, so’z va fikr erkinligi insonning uzviy huquqlaridir - umumbashariy qadriyatlar, dedi.

Mishel Obama Xitoyga qizlari va onasi bilan safar qilmoqda. Besh kunlik sayohatdan maqsad Amerika va bu yurt orasidagi madaniy-ijtimoiy rishtalarni mustahkamlash.

Yoshlar bilan muloqotda Obama xonim axborot erkinligi va diniy erkinlikka ham urg’u berdi. Xitoy hukumatini u bu huquqlarni hurmat qilishga chaqirdi.

Inson huquqlarini cheklashda Xitoy yetakchi o’rinda turadi. Muxolifatga toqat yo’q va davlat targ’ib qilgan mafkuradan chetga chiqqan odam jazolanadi.

Xitoy va Amerika iqtisodiy jihatdan juda yirik va muhim hamkorlar, bir-biriga ko’p tomonlana tobe. Huquq bobida hech qachon kelisholmagan.

Your browser doesn’t support HTML5

Amerika Ovozi Radiosi - 22-mart, 2014 dasturi