Kiber-xavfsizlik davlat, bizneslar va nohukumat tashkilotlar orasida hamkorlik talab qilmoqda

  • Amerika Ovozi

Prezident Barak Obama Stenford universitetida kiber-tahdidlarga qarshi anjumanda so'zlayapti. 13-fevral, 2015-yil.

Prezident Barak Obama firma va tashkilotlarni kiber tahdidlar yuzasidan hukumat bilan ma'lumot almashishga undamoqda. Bu haqda u farmon imzolamoqchi.

Hujjat faqat maslahat-tavsiya rolini o'taydi va majburiy kuchga ega emas.

Davlat rahbari bugun Kaliforniya shtatidagi Stenford universitetida kiber-xavfsizlikka doir anjumanda gapirdi.

"Sony" kino kompaniyasi, "Ebay", "Target" va "Home Depot" kabi bizneslar hamda "JP Morgan Chase" banki yaqinda xakerlar hujumiga uchrab, katta zarar ko'rgan.

Kiber-xurujlar Amerika uchun har tomonlama tahdid, deydi prezident. Qurolli kuchlar bosh shtabining "Twitter" va "YouTube" sahifalari ham bir necha kun oldin ziyon ko'rdi.

Hujumlarda Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreyadagi xakerlar gumon qilinadi.

Vashington ular bilan kurashga milliardlab dollar sarflashga tayyor.

Your browser doesn’t support HTML5

Kiber-xavfsizlik - zamon balosi