Oq uy: Navro'z muborak!

  • Amerika Ovozi

Yaqinda prezidentning rafiqasi Mishel Obama ham Oq uyda Navro'zni tantana qilib, unga bu bayramni nishonlaydigan amerikaliklarni taklif etgan edi. Jamiyat sifatida boyib borar ekanmiz, deydi xonim, Navro'z ham muhim ayyomlardan biriga aylangan.

AQSh Prezidenti Barak Obama, har yilgi an'anaga muvofiq, Sharq xalqlarini Navro'z bayrami bilan tabrikladi.

Obama o'z video tabrigida Eron xalqiga alohida murojaat qilib, ayni paytda G'arb va Tehron o'rtasida kechayotgan muzokaralarni tilga oldi.

"Bu yil mamlakatlarimiz o'rtasida aloqalarni yaxshilash uchun eng yaxshi imkoniyat davri, - dedi Obama. - Biz Eronning yadro dasturi bo'yicha dastlabki kelishuvga erishdik hamda kelajakdan umidvormiz".

Amerikada bahorning boshlanishi Navro'zga to'g'ri keladi. Tez orada poytaxt Vashington gullarga burkanadi. Mamlakatning turli qismlarida, jumladan Nyu-York va Sietl shaharlarida o'zbeklar va boshqa markaziy osiyoliklar sayrlar va madaniy tadbirlar o'tkazib, Navro'zi olamni nishonlamoqda.

Amerikaning O'zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen ham Navro'z tabrigini yo'lladi.

"Barchaga tinchlik, sog'lik-salomatlik va muvaffaqiyat tilab, ikki davlatimiz o'rtasidagi do'stlik rishtalari yanada mustahkam bo'lishini istab qolamiz", - dedi elchi o'z video murojaatida.

Yaqinda prezidentning rafiqasi Mishel Obama ham Oq uyda Navro'zni tantana qilib, unga bu bayramni nishonlaydigan amerikaliklarni taklif etgan edi.

Amerika jamiyati etnik va madaniy jihatdan kun sayin boyib borar ekan, deydi xonim, Navro'z ham bu yurtda muhim ayyomlardan biriga aylangan.