Amerikaliklarning uchdan biri: Obama o'tgan 70 yildagi eng zaif prezident

  • Amerika Ovozi

Prezident Barak Obama

AQShda shu kunlarda o’tkazilgan ommaviy so’rov natijalariga ko’ra, so’ralganlarning 33 foizi Barak Obamani 1945-yildan beri AQShni boshqargan 12 prezidentdan eng zaifi deb biladi.

28 foizi esa oxirgi o’ringa Obamadan oldingi prezident Jorj Bushni qo’ygan.

AQShning Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng yaxshi rahbari etib Ronald Reygan tanlangan. Unga 35 foiz odam ovoz bergan. Ikkinchi o’rinda Bill Klinton.

Obamaning reytingi ilk to’rt yilda yuqori edi. U 2008-yilda mamlakatning ilk qora tanli rahbari sifatida saylanganida bu tarixiy bir voqea deb qaralgan.

Prezident 2012-yildagi saylovlarda ham respublikachi raqibini osonlikcha mag’lub etgan.

Ammo Obama ichki va tashqi siyosatda jiddiy qiyinchiliklarga duch keldi va ularni hal etishni eplay olmayapti, deydi so'rovda qatnashgan amerikaliklar.