Obama adliya tizimi isloh etilishiga umid qilmoqda

  • Amerika Ovozi

Obama Oklaxoma shahridagi qamoqxonani ko'zdan kechirmoqda, 16-iyul, 2015-yil

Qo'shma Shtatlar mahbuslar soni bo'yicha dunyoda birinchi o'rinda turadi. Prezident Obamaga ko'ra, qamoqxonalar davlatga yiliga 80 milliard dollarga tushmoqda.

"Amerikaliklar dunyo aholisining besh fozini tashkil etsa-da, jahondagi barcha mahbuslarning chorak qismi AQSh hissasiga to'g'ri keladi", - deydi Obama.

AQSh rahbari qonunchilarning qamoqxona tizimini isloh qilishga qaratilgan tashabbuslarini olqishlamoqda. Mahbuslarning ko'pligiga sabab, deydi Obama, so'nggi bir necha o'n yilda zo'ravonlikka qo'l urmagan odamlarni qamash ommaviylashgan.

Unga ko'ra, adliya tizimi islohga muhtoj, ba'zi maktablar pul yetishmasligidan o'quvchilar tarbiyasida ortda qolmoqda.

Yangi tashabbusga muvofiq, narkotiklar bilan qo'lga tushgan odamlar uchun begilangan avtomatik minimal jazo muddati kamaytiriladi, ana shu ayblovlar bilan qamalganlarning maxsus reabilitatsiya dasturlarida qatnashishi evaziga qamoq muddatlari qisqartiriladi.

Iyul oyida Obama Oklaxoma shahridagi federal qamoqxonani ko'zdan kechirdi. Ungacha Amerikaning hech bir prezidenti federal qamoqxonada bo'lmagan.