Obama qirol Salmonni qabul qildi

  • Amerika Ovozi

Prezident Barak Obama bugun Oq uyda Saudiya Arabistoni qiroli Salmonni qabul qildi

Prezident Barak Obama bugun Oq uyda Saudiya Arabistoni qiroli Salmonni qabul qildi.

Taraflar Iroq, Yaman, Suriyadagi urush hamda Eronning Yaqin Sharqdagi ta'siri xususida gaplashgan.

Obamaning aytishicha, ikki davlat Yaqin Sharq va jahon bo'ylab terrorchilarga qarshi kurashda yaqindan hamkorlik qilishda davom etadi.

Bu muloqot AQSh boshliq koalitsiya Iroq va Suriyada "Islomiy davlat" to'dasiga qarshi kurashayotgan, Saudiya yetakchiligidagi koalitsiya esa Yamanda Eronnning qo'llab-quvvatlovini olgan isyonchilar bilan olishayotgan paytga to'g'ri keldi.

Obama qirol bilan oxirgi bor yanvar oyida, Saudiya Arabistonida ko'rishgan edi.

Your browser doesn’t support HTML5

Yaqin Sharqda vaziyat tobora chigal