Bugungi dunyo suratlarda - 25-oktabr, 2022

Rim papasi Fransisk Rimdagi Kolizey yodgorligiga bordi. Italiya.

Qirol Karl III Britaniya an’anasiga binoan Bukingem saroyida Konservatorlar partiyasining yangi rahbari Rishi Sunakga Bosh vazir bo‘lish va yangi hukumatni shakllantirishni taklif qildi.

Quyosh tutilmoqda. Dehli, Hindiston.

Nikolayevda nonga navbat. Har bir odam har uch kunda bir marta bepulga non olishi mumkin. Ukraina.
Bangladeshda Sitrang sikloni oqibatida 10 mingdan ziyod xonadon jiddiy zarar ko'rdi. Kamida 24 kishi halok bo'ldi.
Hukumatga qarshi namoyishlar. Bag'dod, Iroq.
AQShdan Meksikaga chiqarib yuborilgan lotin amerikalik muhojirlar Meksikada 180 kun qolish imkoniyatini beruvchi ruxsatnoma olish uchun navbatda. Meksika.
Hayvonot bog'i. Chexiya.
Qirov. Moskva.
Tabiat. Singapur.