Turkiya Islom hamkorlik tashkiloti sammitiga mezbonlik qilmoqda

  • Amerika Ovozi

Islom hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari, Istanbul, Turkiya.

Turkiya Islom hamkorlik tashkilotining 13-yig'iniga mezbonlik qilmoqda. Anjumanda 30 dan ziyod davlat rahbarlari qatnashmoqda. Sammitda asosiy e'tibor Arab-Isroil ixtilofi, musulmon o'lkalardagi mojarolar va terrorizmga qaratiladi.

Oliy martabali mehmonlar orasida Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy va Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ham bor. Bir-biriga raqib bu ikki davlat Yaman va Suriyada qarama-qarshi tomonlarni quvvatlaydi.

Istanbuldagi yig'in islom dunyosida o'zaro nizolar avj olgan bir paytda o'tayapti. Liviya, Yaman va Suriyada fuqarolik urushi davom etmoqda. Ozarbayjon va Armaniston Tog'li Qorabog' ustida tortishib, chegarada otishmalar kuzatilgan.

Misr va Iordaniya rahbarlari yig'inda qatnashmayotgani ham oradagi tafovutlarni aks ettiradi. Sammitda Turkiya Islom hamkorlik tashkiloti raisligini qabul qilib oladi.