85 milliarder dunyoning yarmini sotib olgan

  • Amerika Ovozi
Inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi Oksfam guruhi hisobotiga ko’ra, dunyodagi eng badavlat 85 odamning boyligi jahon aholisi yarmining mol-mulkiga teng ekan.

Tashkilotning global tengsizlikka bag’ishlangan izlanishi natijasi shundan dalolat beradiki, boylar siyosiy qudratidan o’zlari uchun soliqlarni kamaytirishda, pulini ofshor zonalarida yashirishda foydalanmoqda.

So’nggi 10 yilda Hindistonda milliarderlar soni 10 baravar ko’paygani aytiladi. Yevropada inqirozga uchragan mamlakatlarda joriy etilgan keskin iqtisodiy choralar boylarga ta’sir qilmagan.

Afrikada esa yirik korporatsiyalar siyosiy qudratini ishga solib, soliqdan qochmoqda, natijada davlatlarda qashshoqlikka qarshi kurash uchun resurs kam, deyiladi Oksfam hisobotida.