Shimoliy Vaziristonda jangarilarga qarshi hujumlar avjida, aholi qochayapti

  • Amerika Ovozi

Bannu, Pokiston.

Pokiston qurolli kuchlari mintaqada jangarilar yashiringan joylarni bombardimon qilgan.
Pokiston harbiylarining aytishicha, Afg’oniston bilan chegaradosh qabilaviy hududlarda toliblar bilan olib borilgan janglar ortidan yuz mingdan oshiq odam uyini tashlab qochgan.

Pokiston qurolli kuchlari Shimoliy Vaziristonda bugun jangarilar yashiringan joylarni bombardimon qilgan. Qancha jangari yo’q qilingani aniq emas.

O'zbekiston islomiy harakati va unga aloqador boshqa guruhlar bu mintaqada o'z qo'rgon va o'choqlariga ega ekani aytiladi.

Olishuvlar hududdagi aholini qo’shni Afg’onistonga qochib o'tishga majbur qilgan.

8-iyun kuni Karachi aeroportida jangarilar hujumidan o’nlab odam nobud bo’lgan. O'zbek jangarilar bu ularning ishi ekanini tan olgan.

Shundan keyin hukumat qarshi amaliyotlarga zo’r berib, o'tgan kunlar ichida 200 dan ziyod jangari o’ldirilgan.

Pokiston rahbariyati va Tolibon bir necha oydan beri tinchlik muzokarasi olib borayotgan edi. Hozirda u to’xtab qolgan.