Pokistonlik diplomatlar Hindistonni tark etmoqda

  • Amerika Ovozi

Pokistonning Dehlidagi diplomatlari Hindiston hukumati talabiga ko’ra mamlakatni tark etmoqda.

Ikki davlat munosabatlarida ziddiyatlar kuchayar ekan, Dehli Islomoboddan diplomatlari sonini 50 foizga kamaytirishni talab qilgan. Natijada Pokiston elchixonasining 143 xodimi oilasi bilan vataniga qaytib ketmoqda.

Oy boshida Hindistonning Islomoboddagi elchixonasi xodimlaridan ikki nafari yo’qolib qolishi ketidan Dehli qo’shni mamlakatga norozilik bildirgan. O’tgan oy esa Hindiston Pokiston elchixonasining ikki xodimini josuslikda ayblab, mamlakatdan haydagan.

Kashmirda ham ikki davlat qo’shinlari yil boshidan beri o’q almashib turadi.