Pokistonda yo’lovchi samolyot qulab 127 kishi o’lgan

  • Amerika Ovozi

110 kishining jasadi topildi

Pokistonda 127 kishi, yo’lovchilar va ekipaj a’zolari ketayotgan samolyot qulab, bari halok bo’lgan.

Boing-737 Karachidan poytaxt Islomobodga uchayotib, kuchli yomg’ir va momaqaldiroq paytida aholi zich hudud uzra yerga tushgan. Gap "Bhoja Air" aviakompaniyasi samolyoti haqida ketmoqda.

Guvohlarning aytishicha, samolyot qulayotgan payt, yerga urilishdan oldinoq alanga olgan. Tevarak-atrofda yashovchi aholiga ziyon yetmagan.

Qidiruv-qutqaruv xizmatlari 110 odamning jasadini topgan. Bosh vazir Yusuf Rizo G’iloniy tergov o’tkazishni buyurdi.

2010-yil iyulida Islomobod yaqinida yo’lovchi samolyoti halokatga uchrab, 152 odam nobud bo’lgan edi.