Pokistonda taniqli siyosiy arbob o’ldirildi

  • Amerika Ovozi
Pokiston saylovlarida uchinchi o'rinni egallagan "Tahriki Insof" partiyasining vitse-prezidenti Zahro Shahid Husayn Karachidagi uyi oldida otib o’ldirilgan.

Politsiyaning bildirishicha, mototsikl mingan shaxslar uning boshiga ikki marta o’q uzgan va ayol kasalxonaga yetib bormay olamdan o’tgan. Bu siyosiy qotillikmi yoki o’g'rilik chog'ida sodir etilgan jinoyat, hozircha noma'lum.

Zahro Shahid Husayn "Tahriki Insof" partiyasi yetakchilaridan biri edi. Partiya rahbari, hozirda kasalxonada yotgan Imron Xon uning o’ldirilishini terrorchilik deya qoralab, siyosiy raqiblarni ayblagan.

Uning aytishicha, jinoyat ortida Muttahida Qavmi Harakati rahbari Altaf Husayn turibdi. Altaf Husayn Londonda yashaydi va qotillikni qoralab chiqdi.