Mazhablararo mojaro Pokistonning bir shahrini zimistonga aylantirgan

  • Amerika Ovozi

Ravalpindi, Pokiston

Pokistonning harbiy shahri bo’lmish Ravalpindi mazhablararo mojarolar maydoniga aylangan. Bugun shialar marosimi paytida sakkiz sunniy o’ldirilgan.

Your browser doesn’t support HTML5

"Amerika Ovozi" xabarlari, 16-noyabr, 2013


Muharram oyi ekan, shialar ibodatga yig’ilgan, lekin namoz sunniy masjidi yaqinidan o’qilgani ayrimlarni g’azabga to’ldirgan. Janjal avj olib, bu masjidga o’t qo’yilgan va unga qo’shni bozorda zo’ravonlik boshlangan.

Ayni damda butun Ravalpindi harbiylar nazorati ostida. Aholiga ko’chaga chiqish man etilgan. Aloqa tarmoqlari ham uzilgan. Shaharga qatnov to’xtagan.

Muharram - Muhammad payg’ambarning nabirasi Hussayn o’ldirilgan oy. Hussayn 680-yilda Yazid xalifa davrida bu hukmdor qo’shinlari tomonidan qatl etilgan. Mazhablar tarixi va oradagi mojaro shu voqeaga borib taqaladi. Muharram oyida har yili o’nlab insonlar halok bo’ladi.