Filippindagi musulmon isyonchilar qurolini tashladi

  • Amerika Ovozi

Prezident Beninyo Akino (markazda) bugun, seshanba kuni Moro Islomiy Ozodlik Frontidan qurollarni, xususan, miltiqlar, raketalarni qabul qilib olgan.

Filippindagi musulmon isyonchi guruhi qurolini tashlab, mamlakatda tinchlik va totuvlikka sodiq ekanini bildirmoqda.

Prezident Beninyo Akino bugun, seshanba kuni Moro Islomiy Ozodlik Frontidan qurollarni, xususan, miltiqlar, raketalarni qabul qilib olgan. Bundan tashqari, qariyb ikki yuz isyonkor jangchi nafaqaga chiqqan.

Taraflar o'tgan yili sulh tuzib, 120 mingdan oshiq odamni hayotdan olib ketgan bir necha yillik adovatga barham berishga qaror qilgan edi.

Shuningdek, tomonlar asosan musulmonlar yashaydigan janubiy viloyatlarga rasman muxtoriyat berilishidan umidvor.

Shu oy muxtoriyat haqidagi qonun loyihasi ma'qullanmadi, chunki jamoatchilik shu yilning yanvarida isyonchilar 44 nafar harbiyni o'ldirganidan hanuz g'azabda. Aytish kerak, sulhni Filippindagi barcha isyonkor guruhlar tan olganicha yo'q.