2024-yil suratlarda (2-qism)

Janubiy Koreyaning Muan xalqaro aeroportida 29-dekabr kuni yo’lovchi samolyot uchish-qo’nish yo’lagidan chiqib ketib, to’siqqa urildi va yonib ketdi. Bortdagi jami 181 kishidan faqat ikki nafari qutqarib olingan, ular ekipaj a’zolari.

“Jeju” aviakompaniyasining “Boeing 737” samolyoti ertalab 9:07 da Bangkokdan qaytayotgan bo’lgan. Halokat sabablari o’rganilmoqda. Versiyalardan biri - layner qushlar galasi bilan to’qnashib, shassi ishdan chiqqan bo’lishi mumkin. Samolyotning faqat dum qismi omon qolgan.
 
175 yo’lovchidan ikki nafari Tailand fuqarosi, qolganlari janubiy koreyaliklar.
Janubiy Koreya aviatsiya sanoati eng xavfsizlaridan hisoblanadi. Bu 2005-yilda ishga tushgan “Jeju” aviakompaniyasi tarixidagi ilk halokatdir.
 

Qozog'istonda Ozarbayjonning Bokudan Grozniyga uchgan samolyoti halokatga uchradi. 

Rossiya aviatsiya idoralari 25-dekabr kuni Ukraina hujumlari tufayli mintaqada vaziyat “juda murakkab” bo’lganini qayd etgan edi. Mutaxassislar xulosasiga ko’ra, “Embraer 190” samolyotining GPS tizimlari ishdan chiqqanidan keyin mudofaa raketasi parchalari ham unga ziyon yetkazgan.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon rahbariga 38 kishining hayotiga zomin bo’lgan Qozog’istondagi aviahalokat yuzasidan uzr so’radi, ammo Rossiya bu bilan javobgarlikni o’z bo’yniga olayaptimi, yo’qmi, aniq emas.
Putinning aytishicha, samolyot Grozniyga qo’nishga urinayotgan paytda havo mudofaa tizimlari Ukrainaning dron hujumlarini qaytarayotgan bo’lgan. Prezident Ilhom Aliyev bilan telefon muloqotda Putin “fojiali voqea” Rossiya havo hududida ro&rsquo

Qora dengizga kuchli bo'ron tufayli ikki tankerdan oqib ketgan sifatsiz neft jiddiy tahdid uyg'otmoqda. Ko'ngillilar jonivorlarni tozalash uchun undan foydalanmoqda, Rossiya, 20-dekabr, 2024. 

Assad hukumati ag'darilgani ortidan qamoqlardan farzandini izlayotgan ona, Damashq, Suriya, 16-dekabr, 2024. 

Prezident Yun Suk Yol impichmentini olqishlayotgan fuqarolar, Seul, Janubiy Koreya, 14-dekabr, 2024. 

50 yildan ziyod Suriyani boshqargan Assadlar rejimi tugatilgan tarixiy voqea quvonchlari, Damashq, Suriya, 8-dekabr, 2024. 

Indoneziyada toshqin, 27-noyabr, 2024. 

AQSh chegarasi tomon ketayotgan venesuelalik migrantlar, Panama, 9-noyabr, 2024. 

Milanda shou, Italiya, 7-noyabr, 2024. 

Mozambikda saylov natijalariga qarshi namoyish, 7-noyabr, 2024. 

AQShda o'tgan prezident saylovida respublikachi Donald Tramp g'alaba qozondi, 6-noyabr, 2024. 

Jonivorlarni himoyalash guruhi vakili Kamol Habib Isroil hujumlaridan keyin mushuk bolalarini qutqarmoqda, Livan, 11-oktabr, 2024. 

Kanada osmonida Shimol yog'dusi, 7-oktabr, 2024. 

Isroil hujumlari tufayli vayronaga aylangan Xon-Yunus shahri, G'azo sektori, 7-oktabr, 2024. 

Dayral Balahda Isroil zarbalari nishoniga aylangan masjid, G'azo sektori, 6-oktabr, 2024. 

Marokash cho'llarida yomg'irdan keyingi manzara, 2-oktabr, 2024. 

Xelen to'foni talafotlari, Shimoliy Karolina shtati. 

Eron Isroilga otgan ballistik raketa qoldig'i, 2-oktabr, 2024. 

Gretsiyada o'rmon yong'ini, 29-sentabr, 2024. 

Fransiyada Paralimpiya o'yinlari, 1-sentabr, 2024. 

Zaporojyeda Rossiya hujumlaridan keyingi manzara, Ukraina, 27-avgust, 2024. 

Efiopiyada "qahramon" xizmatchi, 12-avgust, 2024. 

Yozgi olimpiada o'yinlari, Fransiya, 1-avgust, 2024. 

Yozgi olimpiada o'yinlari, Fransiya, 29-iyul, 2024. 

Manilada tayfun, 25-iyul, 2024. 

Kaliforniyada yong'indan qochayotgan tulki, 25-iyul, 2024. 

Efiopiyada yuzlab odam umriga zomin bo'lgan ko'chki, 25-iyul, 2024. 

Ispaniya sohillariga yetib kelgan migrant, 19-iyul, 2024. 

Trampga o'q uzilgan kun, Pensilvaniya shtati, 13-iyul, 2024.