2024-yil suratlarda (1-qism)

Ortodoks yahudiylar harbiy xizmatga chaqirilishiga qarshi namoyish qilayotganlarga politsiya suv purkamoqda, Quddus, 30-iyun, 2024

AQSh hukumatining maxfiy ma'lumotlarini global tarmoqda tarqatgan "WikiLeaks" tashkiloti asoschisi Julian Assanj federal sud huzuriga borib, unga qo'yilgan ayblovlardan biriga iqror bo'ldi.
Bu harakat evaziga ozod etilib, unga qarshi ish tugatildi, Avstraliya, 26-iyun, 2024

Soliqlarning oshishiga qarshi namoyish, Nayrobi, 25-iyun, 2024

Ochlik, Sudan, 25-iyun, 2024

Jazirama issiq, Meksika, 16-iyun, 2024

Qurollangan ayol, Tel-Aviv, 4-iyun, 2024

Karib dengizidagi Gargi Sugdub orolini qamrab olgan uylar, 25-may, 2024

Vertolyot qulashida halok bo'lgan Eron prezidenti Ibrohim Raisiyning dafn marosimi, Mashhad, 23-may, 2024

Suv ostiga qolgan aeroport. Braziliya, 20-may, 2024

Gaiti, 15-may, 2024

Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitsoga o'q uzilganidan keyin ushlangan shaxs, 15-may, 2024

Barmoq kurashi bo'yicha chempionat, Germaniya, 12-may, 2024

Isroil hujumida o'g'lidan ayrilgan falastinlik ayol, Rafah, 9-may, 2024

Reper Kardi Bi Metropoliten muzeyi liboslar instituti uchun o'tkaziladigan yillik mablag' yig'ish galasida, 6-may, 2024

O'lgan baliqlarni yig'ib olayotgan baliqchi, Vyetnam, 30-aprel, 2024

G'azo uzra havodan tashlangan gumanitar yordam, 23-aprel, 2024

Lava, Islandiya, 6-aprel, 2024

Quyosh tutilishi paytida uchib o'tayotgan samolyot, Indiana shtati, 8-aprel, 2024

Zilziladan so'ng, Tayvan, 3-aprel, 2024

Falastinliklar "World Central Kitchen" logotipi tushirilgan avtomobilni ko'zdan kechirmoqda, 2-aprel, 2024. Isroilning havo hujumida xayriya tashkilotining yetti nafar xodimi halok bo'lgan. 

Jahon ralli chempionati, Keniya, 29-mart, 2024
 

Chegarada Milliy gvardiya askariga qichqirayotgan venesuelalik migrant, Texas shtati, 26-mart, 2024

Axlat bilan to'lgan sohil, Teluk baliqchilar qishlog'i, Indoneziya, 15-mart, 2024

Baltimor shahrida temir ko'prikka urilgan yuk kemasi, Merilend shtati, 26-mart, 2024

Hindistonda Holi - ranglar bayrami, 25-mart, 2024

Ag'darilib ketgan qayiq ustida jon saqlayotgan rohinja qochinlari, Indoneziya, 21-mart, 2024
 

Rossiyalik muxolifat lideri Aleksey Navalniy bilan vidolashuv, Rossiya, 1-mart, 2024

Yerdagi teshikdan suv olishga kelayotgan kishi, Keniya, 29-fevral, 2024

G'azodagi vayronagarchilik manzarasida suratga tushayotgan isroillik ayol askarlar, 19-fevral, 2024

Suv sporti bo'yicha jahon chempionati, Qatar, 15-fevral, 2024

 

Xayriya tashkiloti tarqatayotgan taom uchun navbat, G'azo sektori, 13-fevral, 2024

Rossiya hujumi natijasida yuzaga kelgan yong'in, Ukraina, 10-fevral, 2024

Bosh vazir Ariel Anriga qarshi namoyish, Gaiti, 5-fevral, 2024

Velopoyga, Saudiya Arabistoni, 21-yanvar, 2024

Savdo omborida chiqqan yong'onni o'chirishga harakat qilayotgan o't o'chiruvchilar va ko'ngillilar, Keniya, 30-yanvar, 2024

Rossiya hujumida jarohatlangan ukrainalik, 23-yanvar, 2024

Muzli suvda suzuvchilar, Britaniya, 17-yanvar, 2024

Duo olish uchun itini ushlab turgan ayol, Meksika, 17-yanvar, 2024

Saudiya Arabistoni qumtepalarida Dakar avtopoygasi, 12-yanvar, 2024

Milliy Kongress yaqinida uchayotgan dronni nishonga olayotgan xavfsizlik xodimi, Braziliya, 8-yanvar, 2024

Zilzila oqibatida yorilgan yerga kirib ketgan mashina, Yaponiya, 3-yanvar, 2024

Chang'idan sakrash bo'yicha turnir, Avstriya, 2-yanvar, 2024

Halokatga uchragan samolyot, Yaponiya, 2-yanvar, 2024