Umrbod qamoq jazosiga mahkum etilgan amerikalik vatan xoini ozod etiladi

  • Amerika Ovozi

Jonatan Pollardning 1985-yilda olingan surati

1985-yilda Isroilga maxfiy hujjatlarni uzatgani uchun xiyonatda ayblanib ikki yil o'tgach AQShda umrbod qamoq jazosiga mahkum etilgan Jonatan Pollardning advokatlariga ko'ra, mahkum noyabrda ozod etilishi mumkin.

60 yoshli Pollard AQSh Harbiy-dengiz kuchlarida tahlilchi bo'lib ishlagan. Ba'zilar uni Isroil josusi deya, ozod etilishiga qarshi.

Ba'zi xabarlarga ko'ra, Qo'shma Shtatlar Isroilning Eron bilan imzolangan yadroviy bitimga qarshiligini yumshatish uchun Pollardni ozod etishga qaror qilgan.

Biroq Pollardning advokatlari va AQSh Davlat kotibi Jon Kerri yadroviy bitim va mahkumning ozod etilishi o'rtasida bog'liqlik borligini inkor etmoqda.

Isroil Pollardning ishi uchun AQShdan 1987-yilda uzr so'ragan, biroq 1998-yilgacha unga maxfiy ma'lumotlar uchun pul to'laganini tan olmagan.

1995-yilda Isroil Pollardga fuqarolik berib, yillar davomida uni ozod etishga behuda uringan.