Suriyada "Islomiy davlat"ga qarshi kurashayotgan amerikalik

  • Amerika Ovozi

Dubai'de pembe flamingolar.

AQSh va G'arb davlatlari xorijlik fuqarolarning "Islomiy davlat" jangarilari safiga qo'shilayotganidan xavotirda. Ayni paytda guruhga qarshi kurashayotgan Suriya kurdlari orasida ham xorijliklar borligi aniqlanmoqda. Ayrimlari hatto amerikalik.

Your browser doesn’t support HTML5

"Islomiy davlat"ga qarshi xorijlik jangchilar, Behzod Muhammadiy

Obama ma'muriyati Iroqqa piyoda qo'shinlar jo'natish niyati yo'q ekanini ta'kidlagan. Shunga qaramay, bir guruh amerikaliklar o'z ixtiyorlari bilan Suriyadagi kurdlar safiga qo'shilishni lozim topdi.

"Bu kurdlar haqida oldindan bilardim. Yangiliklarda va internetda o'qiganman", - deydi ana shunday amerikaliklardan biri.

Brayn Uilson "Islomiy davlat"ga qarshi kurashayotgan Kurd xalqi mudofaa guruhiga qo'shilish uchun Suriyaga yo'l oldi.

"Amerika ovozi"ga bergan intervyusida, u kurdlarning AQSh qilmagan ishga qo'l urganini ta'kidlaydi.

"Ular ikki yildan ortiq "Islomiy davlat"ga qarshi kurashib kelyapti. Agar yaxshiroq qurollari, yangiroq texnikalari bo'lganda, jangarilarni yengish ancha oson bo'lardi", - deydi u.

Braynga ko'ra, kurdlar juda jasoratli xalq.

"Ayol jangchilari ham erkaklar bilan bir xil olishadi. Erkaklar qilgan hamma ishni bajaradi. Ular vatanlari uchun kurashyapti", - deydi amerikalik ko'ngilli askar.

Mintaqa etnik jihatdan ham rang-barang.

"Bu yerda arablar bor. Nasorolar, musulmonlar, chechenlar, armanlar. Hamma bir-biriga yaxshi munosabatda", - deydi Brayn.

Braynning askarlik tajribasi yo'q. Maqsadlari ham ideal g'oyalarga asoslangan. Ammo AQSh Davlat departamenti o'z ixtiyori bilan jangga qo'shilishni istagan amerikaliklarga nisbatan e'tirozlar yo'qligini aytgan. Ular terrorchi tashkilotlarni qo'llab-quvvatlamasa bas, deydi rasmiylar.

Your browser doesn’t support HTML5

Suriyadagi amerikalik jangchi - American pro-Kurd fighter