Dunyo bo'ylab Ramazon shukuhi

Ramazonning birinchi kunida Kashmirdagi ushbu masjid namozxonlar bilan to'lib,  ularning bir qismi ko'chaga ham chiqishdi. Shrinagar, Hindiston, 21-iyul, 2012-yil.

Indoneziyaning Janubiy Sulavesi viloyatidagi masjidda musulmonlar Taroveh namozini o'qimoqda. 20-iyul, 2012-yil.

Dakadagi madrasada iftor vaqtini kutib o'tirgan bolalar Qur'on o'qishmoqda. 23-iyul, 2012-yil.

Ramazonning uchinchi kunida Liviyalik musulmon masjidda Qur'on o'qimoqda. Tripoli, 22-iyul, 2012-yil.

Nigeriyaning janubiy Kano shahrida joylashgan Qur'on maktabida yosh qiz Qur'on o'qimoqda. 21-iyul, 2012-yil.

Kobulda afg'onistonliklar birgalikda iftor qilishmoqda. Kobul, Afg'oniston, 22-iyul, 2012-yil.

Nigeriyaning Kano shahrida musulmon ayol ko'chada iftorlik uchun taom tayyorlamoqda. 21-iyul, 2012-yil.

Dehlinining markaziy Jome masjidida yozilgan iftor dasturxoni oldida musulmon ayol iftor vaqtini kutmoqda. 21-iyul, 2012-yil.

Tripolida mahalliy aholi iftor vaqtida shirinlikni ko'p iste'mol qiladi. Tripoli, 21-iyul, 2012-yil.

Riyoddagi Imom Turkiy bin Abdulloh masjidida ishchilar iftorlik qilmoqda. 20-iyul, 2012-yil.

Kobulda yosh yigit iftor uchun shirinlik tayyorlamoqda. 23-iyul, 2012-yil

Qohirada ko'ngillilar muhtojlar uchun iftorlik taomi tarqatmoqda. 22-iyul, 2012-yil.

Dakadagi Chakbazarda sotuvchilar iftorlik uchun taom pishirmoqda. 21-iyul, 2012-yil.