Muxbirlar uchun eng xavfli manzillar

  • Amerika Ovozi

Suriyalik ota

Afrika va Rossiyani qonli portlashlar va zo'ravonliklar titratgan bir pallada xalqaro tashkilot Yaqin Sharqni yana jurnalistlar uchun eng xavfli manzil deb topdi.

Your browser doesn’t support HTML5

O'zbekistonda Matbuotchilar kuni/Malik Mansur


Your browser doesn’t support HTML5

Davlat departamenti matbuot kotibi Patrik Ventrell jurnalist Solijon Abdurahmonov haqida



Nyu-Yorkda asoslangan Jurnalistlarni himoya qiluvchi qo'mita hisobotida o'tgan bir yilda kamida 70 jurnalist kasbiy faoliyati bois o'lganini qayd etadi. Bundan oldingi yilda 74 muxbir nobud bo'lgan edi. Joriy yilgi talofatlarning uchdan ikki qismi Yaqin Sharqqa to'g'ri kelgan.

Eng xatarli mamlakat - Suriya. Bu yerdagi fuqaro urushini yoritayotib, 29 jurnalist jon bergan. Xalqaro qo'mitaning bildirishicha, bu davlatda taxminan 60 muxbir o'g'irlangan, shulardan yarmi hali ham topilgani yo'q.

Yaqin Sharqdagi boshqa mamlakatlarda, xususan, Iroqda ommaviy axborot vositalarida ishlagan 10 mutaxassis halok bo'ldi. Prezident Muhammad Mursiy hukumatdan ag'darilgan Misrda yana olti jurnalist hayotdan ko'z yumgan.

Afrikaning Mali, Markaziy Afrika Respublikasi, Janubiy Sudan, Kongo Respublikasi kabi manzillari tobora notinch bo'lib borayapti. Shunga qaramay, Jurnalistlarni himoya qiluvchi qo'mita mintaqada matbuot xodimlari orasida talofatlar kamayganini ta'kidlaydi.

Somalida o'tayotgan yilda to'rt jurnalist o'lgan. Mamlakat oxirgi yillarda ommaviy axborot vositalari a'zolari uchun eng xavfli nuqtalardan deya ta'riflab kelinadi.

Rossiyada bu yil ikki jurnalist jon bergan.

Jurnalistlar orasida talofatlar, raqamlarda: