Xitoyda robotlar koronavirusga qarshi kurashga jalb qilinmoqda

  • Amerika Ovozi

Koronavirus paydo bo’lishidan oldin Xitoydagi bir kompaniya robot-farroshlar yaratgan edi. Biroq endi ularni takomillashtirib, yangicha sharoitga moslash ehtiyoji tug’ildi.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot - 25-mart, 2020-yil

“Avtonom haydash texnologiyasi yangi texnologiya bo’lgani uchun xavfsizlikka urg’u berdik”, - deydi “IDriverPlus” kompaniyasi vitse-prezidenti Shuxao Xuo.

Mashinaning burchaklari o’tkir bo’lmagani uchun ko’chadagi odamlarni shikastlamaydi.

Ular bog’lar va boshqa jamoat joylarida ancha qo’l keldi.

Biroq Uxan shahrida koronavirus tarqalib ketganidan so’ng bu apparatlarni insonlar uchun xavfli bo’lgan joylarga safarbar etishdi.

“Hozirda ularni Uxandagi Xuoshenshan kasalxonasida hamda Xitoydagi yana 11 ta boshqa kasalxonada ishlatishyapti – nafaqat tozalash, balki dezinfeksiyalashga ham jalb qilishmoqda. Bu moslamalar kimyoni ko’p sochadi”, - deydi Silikon Vodiysidagi lidar texnologiyasiga asoslanib ishlovchi kompaniya vakili Mayk Jellen.

Bu mashinalar oldindan programmalashtirilgan xaritalar va real vaqtda ishlovchi sensorlar, jumladan muntazam o’zgaruvchan muhitni tekshiruvchi lidar lazeri yordamida harakatlanadi.

Robotlar oziq-ovqat va tibbiy anjomlarni yetkazishda hamda tomoqdagi infeksiyani va o’pkani tekshiruvchi robotlashgan qo’lni tashishda ham ishlatilmoqda.