Nomzodlar: Debat faqat piching emas, jiddiy muhokama uchun imkoniyat

  • Amerika Ovozi
AQShda prezidentlikka da’vogar respublikachi Mitt Romni va amaldagi rahbar, demokrat Barak Obama yuzma-yuz debatlarga tayyorlanmoqda.

Your browser doesn’t support HTML5

Kundalik Eshittirish


Televideniye orqali ko’rsatiladigan bellashuv chorshanba, 3-oktabrda Kolorado shtati, Denver shahrida o’tadi.

Massachusets shtati sobiq gubernatori Mitt Romni debat quruq dahanaki jang bo’lmaydi, degan umidda.

“Amerika olg’a qadam tashlashi uchun, bu yo’lda takliflarni bayon etish uchun imkoniyat bu”, - deydi respublikachi arbob.

“Oxirgi to’rt yildan xulosa qilib aytish mumkinki, bunday yashab bo’lmaydi”, - dedi u.

Prezident Obama ham debatda faqat piching gaplar emas, balki davlatni oyoqqa turg’izish, mehnatkash oilalarni himoya qilish yuzasidan jiddiy muhokamaga urg’u beriladi, degan fikrda.

“Xalq ana shuni kutmoqda va bunga munosib”, - deydi prezident.

Denver Universitetida bahslar ichki muammolar, xususan, iqtisodiyot va sog’liqni saqlash kabilar haqida bo’ladi.

16 va 22-oktabrdagi debatlarda tashqi siyosatga urg’u beriladi. Ijtimoiy so’rov natijalariga ko’ra, Obama reytinglarda Romnidan biroz oldinda.

Prezident saylovlari 6-noyabrda.