2013-yilda 71 jurnalist halok bo'lgan, deydi xalqaro tashkilot

  • Amerika Ovozi
“Chegara bilmas muxbirlar” tashkilotining yillik hisobotiga ko’ra, joriy yilda dunyo bo’ylab 71 jurnalist o’ldirilgan, 826 nafari hibsga olingan, 77 muxbir mamlakatni tark etishga majbur bo’lgan.

Suriya, Somali, Pokiston, Hindiston va Filippin muxbirlar eng ko’p nobud bo’lgan mamlakatlar hisoblanadi.

Hisobotda aytilishicha, bugunga qadar 178 jurnalist qamoqda o’tiribdi. Eng ko’pi Xitoy, Turkiya, Eron, Eritreya va Suriyada.

O’zbekistonda ham bir necha mustaqil jurnalist professional faoliyati uchun qamalgan. Yusuf Ro’zimurodov, Hayrulla Hamidov, Solijon Abdurahmonov, Dilmurod Sayyid shular jumlasidan.