Rossiya Jahon savdo tashkilotiga rasman a'zo bo'ldi

  • Amerika Ovozi

Jahon savdo tashkiloti Bosh kotibi Paskal Lami (chapda) "Nihoyat JSTga xush kelibsiz" yozuvi tushirilgan futbolkani Rossiya muzokarachisi Maksim Medvedkovga topshirmoqda, Jeneva, 10-noyabr, 2011-yil.

Rossiya 18 yillik harakatdan so’ng Jahon savdo tashkilotining 156-a’zosiga aylandi. O’tmishda Kreml a’zolik natijasida mamlakat bozorlarini xorijiy tovarlar va xizmatlar to’ldirib yuborishi mumkinligidan xavotir olgan edi. Natijada import uchun tariflar oshirilib, iqtisodiyotning ayrim jabhalari xorijiy sarmoyadorlar uchun yopiq edi.

A’zolik uchun muzokara natijasida Rossiya 10 foizlik tariflarni 8 foizdan pastga tushirishga hamda bank va sug’urta kabi 11 ta xizmat sektorini xorijiy investorlarga ochishga rozi bo’ldi.

Juma kuni Tinch okeanida joylashgan Vanuatu orol-davlati Jahon savdo tashkilotining 157-a’zosi bo’ladi.