Rossiya Ukraina uchun imtiyozli gaz narxini saqlab qoldi

  • Amerika Ovozi

Rossiya Ukrainaga gazni imtiyozli narxda yana uch oyga uzatishga qaror qildi. Prezident Vladimir Putin kecha shu haqda e'lon qildi.

O'tgan yil oxirida tomonlar ming kubometriga 365 dollarga kelishib olgan edi. Biroq yanvar oyidan beri Ukraina ming kubometriga 348 dollar to'lamoqda. Bu narx yana uch oy saqlanib turadi. Rossiya oktabrdan boshlab Ukrainaga to'lovlarni oldindan amalga oshirish shartini qo'ygan.

Bu o'rtada Rossiya sobiq Moliya vaziri Aleksey Kudrinning aytishicha, Rossiyaning Qrimni o'ziga qo'shib olishi iqtisodiyotga kelasi to'rt yilda 200 milliard dollargacha tushadi.

Neft arzonlashib, G'arb sanksiyalar kiritgach, Rossiya jiddiy iqtisodiy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda va Kudrin nazarida hali beri tiklanmaydi. Sobiq vazir bashoratiga ko'ra, inqiroz besh yil davom etishi mumkin.