Rossiya Amerika elchisining gapidan hayratda

  • Amerika Ovozi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, AQSh elchisi Maykl Makfol, Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev

Rossiya AQSh elchisi Maykl Makfolning (Michael McFaul) so’nggi chiqishini tanqid qilmoqda.

Elchining o’tgan hafta Moskvada talabalarga aytishicha, Kreml Qirg’izistonga Amerika aviabazasini yopish uchun pora taklif qilgan.

"Manas" tranzit markazi NATOning Afg'onistondagi harbiy amaliyotlarida hal qiluvchi o'tish punkti sanaladi

Qo’shma Shtatlar “Manas” tranzit markazidan foydalanib keladi, yonilg’i olib, Afg’onistonga askar, yuk jo’natadi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Makfolning so’zlaridan hayratda va elchi avval ham tavishlanarli chiqishlar qilganini ta’kidlamoqda.

Maykl Makfol esa Twitter tarmog’i orqali bergan izohida “diplomatik ravishda, o’rab gapirish mahoratimni charhlab borayapman, o’rganayapman” degan.

Elchi shu yilning yanvarida Moskvada ishlay boshladi.