Medvedev: Rossiya eng kuchli qurollarga ega bo'lishi kerak

  • Amerika Ovozi

Prezident Dmitriy Medvedevning aytishicha, Rossiya AQShning Yevropada raketaga qarshi mudofaa tizimini o’rnatish rejasiga tayyor turishi kerak.

Medvedev kecha Mudofaa vazirligi rasmiylari bilan majlis qilib, Rossiya 2017-2018 yillargacha tizimni yenga oladigan qurollarga ega bo’lishi kerak, dedi.

"Ammo shu bilan birga hamkor davlatlar bilan AQSh rejasini muhokama etishda davom etamiz", - deydi u.

Rossiya nazarida taklif etilayotgan mudofaa tizimi uning xavfsizligiga tahdiddir. AQSh esa sistema Yevropani Eron va Shimoliy Koreya kabi davlatlar hujumidan himoya qilishga qaratilgan, deb keladi.

NATO tizim bo’yicha Rossiya bilan hamkorlik qilishga tayyor, ammo Kremlning tizimni birgalikda boshqarish taklifini rad etgan.

Prezident Medvedevning aytishicha, Rossiya shunday harbiy kuchga to’lishi kerakki, dunyoda hech bir davlat uni sinashga jur’at etmasin.

AQSh mudofaa tizimi may oxirida Chikagodagi NATO sammitida ham muhokama etiladi. Ungacha Rossiyada prezidentlik saylovlarda g’alaba qozongan Vladimir Putinga o’tadi.