Rossiya parlamenti "Yangi START" bitimini uzaytirishga ovoz berdi

  • Amerika Ovozi

Rossiya parlamentining har ikki palatasi kelasi oy amal qilish muddati tugayotgan yadro qurollarini nazorat qilishga doir AQSh bilan imzolangan shartnomani uzaytirishga ovoz berdi.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot – 27-yanvar, 2021-yil

Strategik hujumkor qurollarni qisqartirishga qaratilgan “SNV-3” yoki “Yangi START” shartnomasi 2010-yilda 10 yilga imzolangan edi. AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp uni uzaytirishga qarshi edi, biroq Jo Bayden prezidentlikka kelishi bilan masalaga yondashuv o’zgardi.

Hujjat eski ko’rinishida, hech bir shartsiz 5 yilga uzaytirilmoqda va shu davr mobaynida ikki davlat o’zaro muloqot orqali bitimga tuzatishlar xususida kelishishga umid qilmoqda.

Shartnoma har ikki mamlakat tasarrufidagi strategik yadro kallakchalari, raketalari va bombardimonchi samolyotlari sonini cheklashga qaratilgan.

26-yanvar kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Jo Bayden qasamyodidan keyin AQShning yangi rahbari bilan ilk bor gaplashib, shunga kelishib oldi.