Rossiyada anti-amerikanizm kuchaygan

  • Amerika Ovozi
So’nggi so’rov natijalariga qaraganda, Rossiyada Amerikaga nisbatan munosabat yanada salbiylashgan.

Your browser doesn’t support HTML5

Kundalik Eshittirish, 19-oktabr, 2012-yil


Rossiyadagi nodavlat Levada markazi taqdim etgan raqamlar: o’tgan yili Qo’shma Shtatlar haqida ijobiy munosabat bildirgan fuqarolar 67 foiz, bu yil 46 foizni tashkil etmoqda.

Salbiy qarashdagilar o’tgan yili 27, bu yil esa 38 foizga chiqqan.

So’ralganlardan aksariyati nazarida Amerika Rossiyaga hurmat bilan muomala qilish o’rniga bosim ko’rsatishni ma’qul topadi.

Bundan tashqari, deydi ular, AQSh boshqalardan xalqaro qonunlarga amal qilishni talab qilib, o’zi bu qoidaga doim ham rioya qilmaydi.

Prezident Barak Obama oxirgi yillarda Rossiya bilan orani yaxshilashga harakat qilgan.

Lekin ikki davlat, xususan, Suriyadagi urush va Eron yadro dasturi borasida har xil pozitsiyada.